16 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 15 noyabr soat 20 dan 16 noyabr soat 20 gacha

16 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 15 noyabr soat 20 dan 16 noyabr soat 20 gacha

15.11.2022

MUHIM HODISALAR

Respublika boʻyicha joriy yilning 15 noyabr kunlari shuningedek shimol xududida, baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

15-16 noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi, ayrim joylarda kuchli yogʻingarchiliklar kuzatiladi. Shu bilan birga, togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

16 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

15 noyabr soat 20 dan 16 noyabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, kechga tamon qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 5-7o iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTONRESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yomg’ir yog’adi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.