SHARM-EL-SHEYXDA DAVOM ETAYOTGAN IQLIM O‘ZGARISHI SAMMITI
14.11.2022
#LIVE
6-noyabr kuni Misrning Sharm-el-Sheyx shahrida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammit COP27 o‘z ishini boshladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi Bosh direktori Sh.Khabibullaev va mutasaddi xodimlar ishtirok etishmoqda.6-18-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konferensiya ishida 100 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari, 197 mamlakatdan 60 mingga yaqin nufuzli shaxslar, olimlar, faollar qatnashishdi.
BMTning Doiraviy konvensiyasiga asosan 1992-yili har bir mamlakat “xavfli iqlim o‘zgarishining oldini olishga hissa qo‘shishi“ va global masshtabda issiqxona gazlarining chiqarib tashlanishini qisqartirishi lozim.
Glazgoda bo‘lib o‘tgan COP26 sammitida davlat rahbarlari global haroratni 1,5°C dan oshmaslikni kelishib olishgan edi. Mazkur Sammitda kelishuvni yanada yaxshilash kutilmoqda.
Jahon meteorologiya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ming yillar davomida uglerod tabiiy usulda biosfera, atmosfera va dunyo okeani bo‘ylab bir xil me’yorda harakatlanib kelgan. Bu jarayon atmofserada karbonad angidrid va boshqa gazlarning havodagi miqdorini me’yorida tutib kelgan.
Navbatdagi COP 27 doirasida turli davlat vakillari, jumladan O‘zbekiston hukumati ham global isishga qaratilgan chora-tadbirlarga qo‘shilib, mamlakatda bu boradagi amaliy ishlar keng ko‘lamda bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.
COP 27 doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni bizning saxifalarimiz orqali kuzatib boring.