14 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.11.2022

MUHIM HODISALAR

Respublika boʻyicha joriy yilning 14-15 noyabr kunlari shuningedek shimol xududida, baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

14-16 noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi, ayrim joylarda kuchli yogʻingarchiliklar kuzatiladi. Shu bilan birga, togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

14 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Buxoro, Navoiy, viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida ba’zida esa 25-28 m/s gacha yetishi mumkin.   Harorat 9-14o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg’ir yog’adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2-7o iliq bo‘ladi.