15-18 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

15-18 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

13.11.2022

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA

15-18 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 15 noyabrda ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi, 16-18 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi15 noyabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida  ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat  15 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 16 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 17 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, Ustyurtda 6-9° sovuqgacha, kunduzi 5-10° iliq, 18 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

 BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shaqrdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 noyabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Navoiy viloyatining ayrim joyrlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq16 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 17 noyabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 18 noyabrda kechasi 5-10° iliq kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 15 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 16 noyabrda yomg’ir yog’adi,  ayrim joylarda  qorga aylanishi mumkin. 17 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 18 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 noyabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Jizzax viloyatining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 16 noyabrda kechasi  va kunduzi 2-7° iliq, 17 noyabrda kechasi
2°sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 18 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 15 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 16 noyabrda yomg’ir yog’adi,  ayrim joylarda  qorga aylanishi mumkin. 17 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 18 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 noyabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 16 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 6-11° iliq, 17 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 18 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 15 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 16 noyabrda yomg’ir yog’adi,  ayrim joylarda  qorga aylanishi mumkin. 17 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 18 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 noyabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 16 noyabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq,
17 noyabrda kechasi
2°sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 18 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi, 15-16 noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi15 noyabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15 noyabrda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 16 noyabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 17-18 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2°sovuq-3° iliq bo‘ladi.