21 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21.07.2021

MUHIM HODISALAR

21-23 iyulda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39°, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 41-42° gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38
° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.