TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
11.11.2022

Respublika bo‘yicha joriy yilning 13-15-noyabr kunlari shuningdek shimol hududida, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
14-16-noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Shu bilan birga, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
