O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 11-13-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 11-13-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

11.11.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 11-13-NOYABRGA  OB-HAVO PROGNOZI

DAM OLISH KUNLARI O‘ZBEKISTON BO‘YICHA
QURUQ VA NISBATAN ILIQ OB-HAVO KUTILMOQDA

 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduz kunlari 9-14° iliq bo‘ladi.
   Yakshanba kuni kechga tomon respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shimolda va cho‘l hududlarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.