O‘zgidromet kuzatuv tarmoqlarida avtomatlashtirilgan tizim qamrovi kengaymoqda
08.11.2022
DM «Meteoinfokom» tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis cho‘l hududlari, hamda Xorazm va Namangan viloyatlarining bir qator tumanlariga yangi agrometeorologik meteostansiyalar o‘rnatish boshlandi. O‘rnatilayotgan qurilmalar Gidrometrologiya markaziga avtomatik ravishda ma’lumotlarni uzatib turish va mustaqil ravishda 24/7 quyosh paneli ta’minoti yordamida ishlash imkoniyatiga ega.
Ushbu agrometeorologik stansiyalarda:
🌡 havo harorati,
☁️havo namligi,
🔹atmasfera havo bosimi,
💦yog‘ingarchilik miqdori,
🌫shudring nuqtasi,
🌬shamol tezligi va yo‘nalishi
🌡 tuproq harorati va namligi,
xavo sifati (PM2.5, PM10, CO2) to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
Bugungi kunda agrometeorologik punktlarni o‘rnatish ishlari davom etilmoqda.