O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 10-13 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 10-13 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

08.11.2022

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA

10-13 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 10-12 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 13 noyabrda kechasi
2
° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 noyabrda 2° sovuq-3° iliq, 13 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 noyabrda 2° sovuq-3° iliq, 11-13 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, 10 noyabrda ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-10 noyabrda 2° sovuq-3° iliq, 11 noyabrda 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, 13 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 10 noyabrda 5-10° iliq, 11-13 noyabrda 7-12° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 noyabrda 3-8° sovuq, 11-13 noyabrda 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.