Milliy moslashuv rejasini ishlab chiqish loyihasi doirasida Idoralararo ishchi guruhning maslahat uchrashuvi
07.11.2022
Birlashgan millatlarining Taraqqiyot dasturi, Yashil iqlim jamg‘armasi va O‘zgidromet hamkorligidagi “O‘zbekistonda moslashuvning o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirilishini olg‘a surish uchun sektorlarga tayangan milliy moslashuv rejasi” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida Idoralararo ishchi guruhning navbatdagi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash, Favqulotda vaziyatlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Xalq ta’limi vazirliklarining vakillari hamda ularning loyiha doirasidagi 3 ta maqsadli hududlardagi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati – vakillari ishtirok etdi.
Mahalliy va xalqaro ekspertlarning baholariga ko‘ra O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi umumjahon ko‘rsatkichlariga nisbatan 2 barobar tezroqdir. Quruq jazirama davrning davomiyligini uzayishi, kuchli yog‘ingarchilik kunlarning ko‘payishi va ularning yuqori darajada o‘zgaruvchanligi, tog‘larda qor zahiralari va muzliklarning maydoni qisqarishi, ekstremal hodisalarning tez-tez sodir bo‘lishi, xususan, sal xavflari va qurg‘oqchilik, O‘zbekistondagi iqlim o‘zgarishlari tendensiyalaridandir.
Moslashuv tadbirlarini monitoring va baholash moslashuv jarayonining muhim qismidir. Moslashuv tadbirlarinining muvafaqqiyatliligi turli chora-tadbirlarning qay darajada samarali zaiflikni qamaytirishi va barqarorlikni oshirishi bilan o‘lchanadi. Iqtisodiyotning muhim sektorlari va hududlarda amalga oshirilgan moslashuv choralarini monitoring va baholash jarayonida aniqlangan bo‘shliqlar va ehtiyojlar, samarali amaliyot, o‘rganilgan saboqlar kelajakdagi chora-tadbirlar zamiriga yotadi hamda iterativ va evolyutsion moslashuv jarayonini shakllantiradi. Iqlim o‘zgarishining murakkab va uzoq muddatli tabiatini hisobga olgan holda, moslashish doimiy va o‘zgaruvchan jarayon bo‘lishi va vaqti-vaqti bilan tekshirilishi kerak.
Yig‘ilishda loyihasi doirasida ishlab chiqilgan iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga moslashishga qaratilgan chora-tadbirlarni monitoring qilish va baholash yondashuvlari, Milliy moslashuv rejasi bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish bo‘yicha vazirlik va idoralarning o‘rni va majburiyatlari, Milliy moslashuv rejasini amalga oshirish bo‘yicha mantiqiy tuzilma muhokaza qilindi.
Bundan tashqari loyiha xodimlari tomonidan loyinaning 3-komponenti “O‘zbekiston uchun moslashuvni moliyalashtirish strategiyasini ishlab chiqish” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi. Xususan, davlat-xususiy sherikchilik vakillarini iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalarida ishtirokini etishini yuzasidan o‘tkazilayotgan izlanishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Taqdim etilgan ma’lumotlar bo‘yicha faol muhokamalar o‘tkazildi. Tabdir ishtirokchilari tomonidan sektorlarga tayangan moslashuv rejalarini monitoring qilish va baholash yuzasidan takliflar tayyorlandi.