YOSH AVLOD O‘ZGIDROMET BILAN
07.11.2022
![YOSH AVLOD O‘ZGIDROMET BILAN](/sites/default/files/styles/large/public/2022-11/photo_2022-11-07_15-08-53.jpg?itok=9wUoEFBt)
Joriy yilning 5-noyabr kuni “Zamin” xalqaro jamoat fondi va Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Eko-oromgoh” o‘quvchilarini kuzgi ta’til davrida yosh avlodni O‘zgidromet faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
“Eko-oromgoh” o‘quvchilari gidrometeorologiya sohasi haqidagi dastlabki tushunchalarini shakillantirish, atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi, ob-havo ma’lumotlarini o‘lchash tartib va qoidalari bilan tanishtiruv jarayonida O‘zgidromet muzeyi, avtomatik meteostansiyalar bilan tanishishdi va ish jarayonlarida faol ishtirok etishdi.