6 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
06.11.2022
6-8 noyabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li ҳududlarida sel kelish ҳavfi bor.
6 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, (baland tog‘larda yomg‘ir qor), kechga tomon kuchli bo’lishi mumkin Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10o iliq bo‘ladi.