4 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

4 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

04.11.2022

4 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, (baland tog‘larda yomg‘ir qor), janubda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10o iliq bo‘ladi.