3-6 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

3-6 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

01.11.2022

3-6 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 4 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 noyabrda 2-7° iliq, 4-6 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 3-4 noyabrda 10-15° iliq, 5-6 noyabrda 5-10° iliqgacha pasayadi.

XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 3 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 4-5 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 6 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 noyabrda 2-7° iliq, 4-6 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 3-4 noyabrda 10-15° iliq, 5-6 noyabrda 5-10° iliqgacha pasayadi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 3 va 5 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 3 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 noyabrda 8-13° iliq, 4-6 noyabrda 10-15° iliq, kunduzi 3 va 5 noyabrda 5-10° iliq,  4 va 6 noyabrda 12-17° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 3 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 3 noyabrda 14-19° iliq, 4-6 noyabrda 12-17° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 3 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 4-6 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 3-5 noyabrda 10-15° iliq, 6 noyabrda 12-17° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliqdan  2° sovuq-3° iliqgacha o’zgarib turadi, kunduzi 5-10° iliq boladi.