2 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 1 noyabr soat 20 dan 2 noyabr soat 20 gacha
01.11.2022
2 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
1 noyabr soat 20 dan 2 noyabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 11-13° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG”LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 iliq bo’ladi.