Bu yilning noyabr oyi qanday bo‘ladi?

Bu yilning noyabr oyi qanday bo‘ladi?

01.11.2022

Bu yilning noyabr oyi qanday bo‘ladi?

Noyabr - kuzning so‘nggi oyi bo‘lib, u haroratning keskin o‘zgarib turishi bilan ajralib turadi. Noyabr oyining o‘rtacha harorati odatda oktabrga nisbatan 5-7 darajaga past bo‘ladi. Yog‘ingarchilik tez-tez, uzoq davom etadi va jadal bo‘ladi. Noyabrda yomg‘irni qorga aylanish holatlari odatiy holdir. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda birinchi qor qoplami hosil bo‘lmoqda, odatda bu qoplam beqaror bo‘ladi.

Ayrim yillarda noyabr oyining eng iliq kunlarida havo harorati 22-27 darajagacha ko‘tariladi. Biroq, ko‘pincha oyning birinchi yarmida kunduzgi harorat 13-18 daraja, ikkinchi yarmida esa 8-13 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘tgan asrning o‘rtalarigacha  bo‘lgan eng sovuq noyabr oylarida havo harorati ba’zan 13-18 daraja sovuqgacha va undan ham pastroqqa, shimolda esa 22-27 daraja sovuqgacha pasaygan. So‘nggi 50 yil ichida bizning hududimiz bo‘yicha noyabr oyida bunday sovuqlar kuzatilmagan. Kamdan kam kechalarda harorat 5-7 darajagacha, shimolda 14-16 darajagacha pasayadi. Faqat 2016 va 2020 yillardagi  noyabr oylarining so‘nggi o‘n kunligida 9-12 daraja sovuqga, shimolda 20-23 daraja sovuqga yetdi.

O‘zgidrometning dastlabki baholishiga ko‘ra, hozirda iqlim ma’lumotlari va jahon prognoz markazlarining prognostik ma’lumotlaridan foydalangan holda, ushbu yilning noyabr oyi odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘ladi

1 noyabr kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 17-20 daraja iliq bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Biroq 2 noyabrdan respublika bo‘yicha havo sovuqlashadi, hududlarning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Keyinchalik O‘zbekistonda noyabr oyining birinchi haftasi davomida beqaror ob-havo kutilmoqda, 12-15 darada iliq atrofida bo‘lgan nisbatan salqin harorat fonida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Birinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib, bizni nisbatan sezilarli sovuq tushishi kutmoqda.

Keyinchalik iliq va sovuq to‘lqinlar bir-biri bilan o‘rin almashadi va harorat kechalari 5-8 daraja iliqdan 2-5 daraja iliqgacha, kunduz kunlari 15-18 daradja iliqdan 5-8 daraja iliqgacha o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, sovuq davrlarda qorga aylanadi.