31 OKTYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 30 oktyabr soat 20 dan 31 oktyabr soat 20 gacha
30.10.2022
SHOSHILINCH AXBOROT
Joriy yilning 30-31 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
30 oktabrda respublika hududi, 31 oktabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 30-31 oktabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
30-31 oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
Kunduzi havo harorati 10-13 daraja iliqgacha pasayadi.
31 OKTYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 30 oktyabr soat 20 dan 31 oktyabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va еrtalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba'zi joylarda 3° sovuq gacha, kunduzi 12-17° iliq bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG”LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.