30 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30.10.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 30-31 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib keladi. 30 oktabrda respublika hududi, 31 oktabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tog‘li hududlarda
30-31 oktabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

30-31 oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
Kunduzi havo harorati 10-13 daraja iliqgacha pasayadi.

30 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 10-15o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7o iliq bo‘ladi.