TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
28.10.2022
Joriy yilning 30-31-oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
30-oktabrda respublika hududi, 31-oktabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 30-31-oktabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
30-31-oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
Kunduzi havo harorati 10-13 daraja iliqgacha pasayadi.
30-oktabrga yog‘ingarchilik xaritasi.
2022-yil 28-oktabr
O‘zgidromet