“Toshkent shahrida atmosfera havosini ifloslanish holatining kelib chiqish sabablari va ko‘rilayotgan choralar”
27.10.2022
27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Toshkent shahrida atmosfera havosini ifloslanish holatining kelib chiqish sabablari va ko‘rilayotgan choralar” mavzusidagi Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanni O‘zgidromet Bosh direktori Sherzodkho‘ja Khabibullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Matbuot anjumanida O‘zgidromet rahbariyati, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ishtirok etdilar
O‘zbekistonga Frontal changli bo‘ronlar sovuq frontlarning o‘tishida yoki Eron, Iroq, Afg‘onistondan chang olib keladigan iliq havoni jadal kirib kelishida sodir bo‘ladi.
Changli (qumli) bo‘ronlar – kuchli shamol ta’sirida katta miqdordagi chang, quruq tuproq yoki qum zarralarini joydan joyga ko‘chishidir, buning natijasida ko‘rinuvchanlik sezilarli darajada yomonlashishi kuzatildi.
O‘zbekistonda, shuningdek, butun Markaziy Osiyoda changli bo‘ronlar juda tez-tez uchraydigan hodisa deb hisoblanadi. Kelib chiqish xususiyatiga qarab changli bo‘ronlar mahalliy (lokal) va frontal deb farqlanadi.
Respublikada Havo harorati 40o va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni ortdi. Cho‘l zonasida, respublikaning shimolida va janubida issiq kunlar soni 25 dan 40 kungacha (15-30 kunlik norma bilan). Quruq davrlarning davomiyligi oshdi.
Changli bo‘ronlar asosan 1 soatdan 5 soatgacha, kamdan-kam hollarda
16-24 soatgacha davom etadi.
Ko‘pincha changli bo‘ronlar yilning eng quruq davrlarida – yoz va kuz boshlarida vujudga keladi. Biroq, so‘nggi paytlarda quruq qishda changli bo‘ronlar holati ko‘payishi kuzatilmoqda.
Toshkent shahrida oxirgi yillar chang bo‘ron va chang to‘zon hodisalari bilan bog‘liq xavfli hodisalar soni ortib bormoqda. Ularning kuz faslida kuzatilishi sonida ham yuqori suratlarda o‘sish qayd etilgan.
Poytaxt Toshkentda oxirgi o‘n yillikda chang to‘zonlari 65 % holatda shamol tezliklari 15 m/s va undan yuqori bo‘lgan holatlarda qayt etilgan. 35 % hollarda kuzatilgan chang to‘zon va chang bo‘ron hodisalari shamolning maksimal tezligi 10-14 m/s da kuzatilgan.
Toshkent shaxri joylashgan meteostansiya bo‘yicha ko‘p yilik yog‘ingarchilik miqdari va iqlimiy meyyorga nisbatan kamayib borishini ko‘rish mumkin.
Shuningdek meteostansiyaning malamotlariga asosan ko‘p yilik qayd etilgan xavo xaroratining maksimal qiymatlari 40darajadan yuqori bo‘lganini va yildan yilga ko‘tarilib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Biroq bunday xolatlar nafaqat O‘zbekiston xududida qo‘shni Qozoqiston respublikasining Ostona shaxri va Tojikiston respublikasinig Dushanbe shaxarlarida Xamda Yevropaning Ispanya davlati Sevilya shaxarida ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil tegishli qarorida O‘zgidromet O‘zbekiston Respublikasida gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida vakolatli davlat organi etib belgilangan.
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini Respublikaning 25 ta shaharlarida joylashgan 65 ta statsionar va 2 ta avtomatik kuzatuv postlarida amalga oshirilmoqda.
Statsionar postlarda atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi sutkada 3 marta (maxallliy vaqt bilan 7:00; 13:00; 19:00) olib boriladi.
«Zamin» XJF bilan xamkorlikdagi loyiha yordamida xarid qilingan 2 ta avtomatlashtirilgan stansiyaning amalga oshirilishi Toshkent shahrida ilk bor atmosfera havosidagi kichik o‘lchamdagi RM 2,5 moddalarni ham kuzatish hamda aniq ma’lumotlar tayyorlash imkoniyatini berdi.
2021 yilda qo‘shni Qozog‘istonning Shimkent shahri hududlarida esgan kuchli shamol va shamol orqali ko‘tarilgan, chang zarrachalari 4 noyabrdan 5 noyabrga o‘tar kechasi ruxsat etilgan me’yoriy ko‘rsatgichdan 30 barobar yuqori bo‘lgandi.
Ushbu hodisaga 1 yil bo‘lmasdan yana chang ko‘tarilishi yuz berdi. Ikkala holatning farq 2021 yilda qo‘shni Qozog‘istondan kelgan qum bo‘ronlari bo‘lsa, joril yilda lokal chang ko‘tarilishi yuz berdi.
Uzoq vaqt davomida yog‘ingarchilikning bo‘lmagani va havo haroratining inversiyasi natijasida 17-oktabr kuni Toshkent shahrida atmosfera havosining PM 2.5 – 115 dan 200 mkg/m3 gacha bo‘lgan oraliqda kuzatildi, bu AQI 170 dan yuqori (sog‘liq uchun zararli).
Kuzatishlar natijasida Toshkent shahrida mayda dispers zarrachalar:
RM 2,5 – 2021 yil uchun 48 mkg/m3;
2022 yil 9 oylik 30 mkg/m3.
RM 10 – 2021 yil uchun 126.5 mkg/m3;
2022 yil 9 oylik 76,2 mkg/m3. ni tashkil etdi.
Toshkentda uzoq davom etgan yomg‘irdan so‘ng tog‘ havosi kabi musaffo muhit kuzatilmoqda. Shahar havosi joriy yil 26 oktabr soat 14:00 holatiga ko‘ra dunyo shaharlari orasida havo sifati bo‘yicha 49 o‘rinni qayd etdi.