25 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25.10.2022

MUHIM HODISALAR

25-26 oktabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

25 oktabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 26 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, 26 oktabrda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

 

 

25 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, respublikaning qolgan hududlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida esa 23-25 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 15-20o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Ertalab tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qor bo‘ladi). Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12о bo‘ladi.