19-23 iyulga ob-havo prognozi Hafta oxiriga kelib harorat biroz ko‘tariladi

19-23 iyulga ob-havo prognozi Hafta oxiriga kelib harorat biroz ko‘tariladi

19.07.2021

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduz kunlari 34-39o ni, shimolda va cho‘l hududlarda 41-42° gachani tashkil etadi.

21 iyuldan 23 iyulgacha faqat respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, tekislik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin ko‘tariladi va 23 iyul juma kuniga kelib harorat kunduz kunlari 39-42o gacha ko‘tariladi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44o bo‘ladi.

O‘zgidromet respublikamizning barcha aholisini Qurbon xait bayrami bilan tabriklaydi! Ushbu bayramda sizlarga tinchlik, yaxshilik va yorqin umidlar, hayotingizda doimo farovonlik bo‘lishini tilaymiz! Yaqinlaringiz baxtli va sog‘-salomat bo‘lishsin, oilangizda hamisha sevgi hukm sursin! Sizga xayrli ishlar tilaymiz!