GMITI trening jamoasi milliy hamkorlar salohiyatini oshirish bo‘yicha vebinar o‘tkazdi
21.10.2022
Joriy yilning 21-oktabr kuni Gidrometrologiya ilmiy tadqiqot istituti mutasaddilari iqlim o‘zgarishiga moslashish sohasida Milliy moslashish rejasi loyihasining milliy hamkorlari salohiyatini oshirish bo‘yicha vebinar o‘tkazdi. Loyihaning asosiy maqsadi - milliy moslashuv rejasi loyihasining milliy hamkorlarining hududlarda iqlim o'zgarishiga moslashish sohasidagi milliy moslashuv rejasi maslahatchilari, mintaqaviy va xalqaro gidrometeorologiya markazi vakillari, iqlim o'zgarishiga moslashish sohasidagi xalqaro ekspertlar salohiyatini oshirish uchun hisoblanadi.
Shuningdek, eslatib o'tamiz batafsil ma’lumot https://hydromet.uz/uz/node/2253 Milliy Moslashuv rejasi O‘zgidromet, BMT Taraqqiyot Dasturi va Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan O‘zbekistonda moslashish choralari va harakatlarini o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirishga ko‘maklashish uchun iqtisodiyotning iqlim o‘zgarishiga eng zaif bo‘lgan tarmoqlari va hududlariga qaratilgan.
Vebinar mintaqaviy va xalqaro gidrometeorologiya markazi vakillari, milliy moslashuv rejasi maslahatchilari, iqlim o'zgarishiga moslashish sohasidagi xalqaro ekspertlar bilan onlayn tarzda o'tkazildi va Rossiya Davlat gumanitar universiteti professor-o'qituvchilari faol ishtirok etdilar.