TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

21.10.2022

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

Joriy yilning 22-26-oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari kirib kiradi.

22-26-oktabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shuningdek:

22-oktabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi;

23-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi;

24-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

25-oktabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi.

26-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

23-26-oktabr kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

21-22-oktabr va 25-oktabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 23-oktabr va 26-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, 26-oktabrda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10o ga pasayishi kutilmoqda.