O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar

O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar

20.10.2022

O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Germaniya Federativ Respublikasining KFW (Kreditanstalt für Wiederaufbau) taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ekspertlarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometrologiya hizmati markazi rahbariyati  bilan joriy yilning 19-oktabr kuni vazirlik binosida uchrashuv tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: KFW Taraqqiyot banki 50 yildan ortiq vaqt davomida Germaniya Federal hukumatiga rivojlanish siyosati va xalqaro rivojlanish sohasidagi hamkorlikdagi maqsadlariga erishishda yordam berib kelmoqda. Asosiy vazifasi moliyalashtirish tajribasiga, rivojlanish siyosati bo‘yicha ekspert bilimga, ko‘p yillik milliy va xalqaro tajribaga ega rivojlanish institutiga, asosan, Germaniya Federal hukumati va birinchi navbatda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) nomidan rivojlanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan iqtisodlardagi davlat sektori ishtirokchilarini qamrab oladigan dastur va loyihalarni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Uchrashuvda vazir o‘rinbosari B.Abidov O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda ikki tomonlama jalb qilinayotgan investitsion loyihalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

O‘zgidromet bosh direktori Sh.Habibullaev Gidrometrologiya sohasida olib borilayotgan ishlar hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida gidrometrologiya sohasini rivojlantirish, mintaqadagi o‘rnini mustahkamlash hamda ushbu sohani zamonaviy meteo qurilmalar bilan modernizatsiya qilish hamda kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishtirildi.

KFW taraqqiyot banki Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi direktori Dr.Andreas Shnayderga gidrometrologiya sohasidagi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihaning dastlabki texnik asoslantiruvchi xujjati taqdim etildi. Jumladan, loyihalarning mintaqa uchun juda muhimligi ko‘rsatib o‘tildi hamda iqtisodiy taraflari ham tanishtirildi.

Ushbu yig‘ilish bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar, ya’ni loyihaning dastlabki texnik asoslantiruvchi hujjatlarini to‘liq formati joriy yilning 31-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi kutilayotgan Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Bеrbok bilan bo‘ladigan uchrashuvda tanishtirilib o‘tiladi.

 Joriy yilning 15-noyabr kuni O‘zbekiston Germaniya hukumatlararo muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu yig‘ilishda loyiha bo‘yicha to‘liq texnik tasnif va hujjatlari muhokamaga qo‘yilishi belgilandi.