19 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.10.2022

19 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, janubda ba’zida esa 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 11-16o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8о bo‘ladi.