19 OKTYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 18 oktyabr soat 20 dan 19 oktyabr soat 20 gacha

19 OKTYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 18 oktyabr soat 20 dan 19 oktyabr soat 20 gacha

18.10.2022

MUHIM HODISALAR

18-19 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga boʻyi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.

Havo harorati 8-10o ga pasayishi kutilmoqda.

18-19 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8o gacha iliq, respublika shimolida baʼzi joylarda 0-2o gacha sovuq, kunduz kunlari 15-20o gacha asta-sekin pasayadi.

18-19 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanidi) boʻladi.

18 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

 

19 OKTYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

18 oktyabr soat 20 dan 19 oktyabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8°, kunduzi 13-15° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 10-15° bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8°iliq , kunduzi 13-18°; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 10-15° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida esa 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG”LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo’ladi, baland tog’larda  yog‘ingarchilik (yomg’ir qorga aylanishi mumkin). Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.