18 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.10.2022
MUHIM HODISALAR
18-19 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga boʻyi orqali sovuq va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.
Havo harorati 8-10o ga pasayishi kutilmoqda.
18-19 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8o gacha iliq, respublika shimolida baʼzi joylarda 0-2o gacha sovuq, kunduz kunlari 15-20o gacha asta-sekin pasayadi.
18-19 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanidi) boʻladi.
18 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
18 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo’yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 15-20o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17o bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17о bo‘ladi.