17 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
17.10.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 17 oktyabrda Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 18-19 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga boʻyi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Havo harorati 8-10o ga pasayishi kutilmoqda.
17-19 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8o gacha iliq, respublika shimolida baʼzi joylarda 0-2o gacha sovuq, kunduz kunlari 15-20o gacha asta-sekin pasayadi.
17-19 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanidi) boʻladi.
17-18 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
17 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22o bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17о bo‘ladi.