ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 16 ОКТЯБРЯ

ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ДЕНЬ 16 ОКТЯБРЯ

16.10.2022

ShOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 17 oktyabrda Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 
18-19 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga boʻyi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Havo harorati 8-10o ga pasayishi kutilmoqda.
17-19 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8gacha iliq, respublika shimolida baʼzi joylarda 0-2o gacha sovuq, kunduz kunlari 15-20o gacha asta-sekin pasayadi.
17-19 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin,
baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanidi) boʻladi.
17-18 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

16 OKTYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
shimolda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23о bo‘ladi.