TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
14.10.2022
Joriy yilning 17 oktyabrda Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 18-19 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga boʻyi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Havo harorati 8-10o ga pasayishi kutilmoqda.
17-19 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8o iliqgacha, respublika shimolida baʼzi joylarda 0-2o sovuqgacha, kunduz kunlari 15-20o gacha asta-sekin pasayadi.
17-19 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanidi) boʻladi.
17-18 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol
15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
