O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 14-16-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 14-16-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

14.10.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 14-16-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

DAM OLISH KUNLARI O‘ZBEKISTON BO‘YICHA QURUQ VA ISSIQ BO‘LADI

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga iliq va quruq havo massasi kirib kelishi davom etadi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishida 15-oktabr kuni beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Kunduzgi havo harorati ushbu kunning o‘rtacha me’yoriy qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi va 26-29°ni tashkil etadi.

Shimolda va cho‘l hududlarda 16-oktabr kuni ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.