15-18 OKTYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
13.10.2022
15-18 OKTYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON, XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 15 oktyabrda Qoraqalpog’istonda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 oktyabrda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 oktyabrda 5-10°, 18 oktyabrda 3-8° iliq, kunduzi 15 oktyabrda 20-25°, 16 oktyabrda 18-23°, 17-18 oktyabrda 15-20° bo’ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 15-17 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-18 oktyabrda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 oktyabrda 7-12°, 18 oktyabrda 5-10°, kunduzi 15-16 oktyabrda 25-30°,
17 oktyabrda 22-27°, 18 oktyabrda 17-22° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 15-17 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 15-16 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 24-29°, 17 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°, 18 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 17-22° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 15-17 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 15-16 oktyabrda 25-30°, 17 oktyabrda 23-28°, 18 oktyabrda 20-25° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 15-17 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 15 oktyabrda kechasi 6-11°, kunduzi 22-27°, 16 oktyabrda kechasi 6-11°, kunduzi 24-29°, 17 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 18 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi
17-22° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʻzi joylarda oʻzgarib turadi, 15-16 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 17-18 oktyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-16 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 16-21°, 17-18 oktyabrda kechasi 1-6° iliqgacha, kunduzi 8-13° iliqgacha pasayadi.