2022-2023-YILLARNING QISh MAVSUMI
12.10.2022

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qish davrlari iliq va kam qorli bo‘ldi, bu bizning O‘rta Osiyo qishlarimiz uchun odatiy holdir. Bu davrda haroratning keskin o‘zgarib turishi kuzatiladi.
So‘nggi 20 yil ichida 2007-2008, 2011-2012-yillardagi qish sovuq va uzoq davom etdi, bu o‘rtacha iqlim qiymatlaridan 3-4o ga past bo‘ldi. Ushbu qishlarning ayrim kunlarida havo harorati Toshkentda kechalari 15-17o gacha, kunduz kunlari esa 8-13o gacha pasaydi. Bunday ob-havo sharoiti odatda Rossiyaning Yevropa hududidan, Uraldan, ba’zan, hatto G‘arbiy Sibirdan sovuq havoning kirib kelishi hisobiga vujudga keladi.
Eng iliq qish oylari esa 2003-2004, 2008-2009, 2009-2010, 2021-2022 yillarga to‘g‘ri keladi, Toshkentda o‘rtacha mavsumiy harorat me’yordan 3-5o ga yuqori bo‘lgan. Umuman 2015-2016-yillarning qish mavsumi eng iliq qish mavsumi bo‘lib, qishning o‘rtacha harorati me’yordan 5-6o ga yuqori bo‘lgan.
Eng iliq qish davrlarida kunduzgi havo harorati 20-23o gacha iliq, ayrim kunlarda esa 25-27ogacha iliq ko‘tarilishi mumkin.
Bu yilning qish mavsumi uchun tuziladigan prognoz haqida so‘zlashishga hali juda erta, ammo iqlim ma’lumotlari tahlili va yetakchi jahon markazlari tomonidan 2022-2023- yillarning qish mavsumi uchun tuzilgan dastlabki hisoblariga ko‘ra, qish mavsumi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari atrofida va undan biroz ko‘p va yog‘ingarchilik taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda.
Kutilayotgan qish mavsumi davomida sovuq ob-havo davrlarida harorat 5-10o gacha sovuq, shimolda esa 15-20o gacha sovuqning pasayishi ehtimoldan holi emas, bu qish oylari uchun iqlim me’yoridan 5-8o ga pastdir.
Shuni ta’kidlash joizki, prognozlar taxminiy xususiyatga ega va faqat butun mavsumning umumiy xususiyatlari uchun foydalaniladi: mavsumning o‘rtacha harorati me’yordan yuqori yoki past, yog‘ingarchilik mavsum davomida me’yordan ko‘p yoki kam yog‘ishi. Hatto bunday umumiy baholash aniqligi ham katta emas va 50-60% dan oshmaydi.