O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 10-14-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
10.10.2022

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni antisiklon periferiyasi belgilaydi. Respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkun. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 23-25° dan oshmaydi.
Keyingi kunlarda, ish haftasining oxirigacha antisiklon periferiyasi kuchsizlanishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha qulay, quruq va iliq ob-havo sharoiti bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari havo 7-10° atrofida salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa 25-28° gacha asta-sekin isiydi, bu o‘rtacha iqlimiy me’yorlardan biroz yuqoridir.