TRENINGLARIMIZ DAVOM ETMOQDA

TRENINGLARIMIZ DAVOM ETMOQDA

06.10.2022

TRENINGLARIMIZ DAVOM ETMOQDA

"Iqlim o’zgarishiga moslashish sohasida Milliy moslashuv rejasi loyihasining milliy hamkorlari uchun salohiyatni oshirish bo’yicha" treninglar Xorazm viloyati Urganch shahrida davom etmoqda

Joriy yilning 6-7 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi va BMTTDning Milliy moslashuv rejasi (MMR) loyihasi doirasida tashkillashtirilgan “Iqlim o’zgarishiga moslashish sohasida Milliy moslashuv rejasi loyihasining milliy hamkorlari uchun salohiyatni oshirish bo’yicha” treninglar Xorazm viloyati Urganch shahrida davom etmoqda.

Trening doirasida O‘zgidromet Bosh direktori Sh. Khabibullayev o‘z nutqida:

Loyihaning ahamiyati, uning doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm va Buxora viloyatida iqtisodiyotning eng zaif tarmoqlari va hududlariga iqlim o‘zgarishiga o‘rta va uzoq muddatli yordam ko‘rsatishga qaratilishi hamda mintaqadagi iqlim o‘zgarishi va ushbu o‘zgarish oqibatlarining suv, qishloq xo‘jaligi va boshqa tabiiy resurslarga ta’siri haqida ma’lumotlarning mavjudligi va yetarli darajada tushunilishini ta’minlash muhimligini ham ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori F.Agzamov, hamda insititut mutasaddilari ishtirok etdilar.

Trening maqsadi: Manfaatdor tomonlar va loyiha hamkorlarining mintaqaviy tarmog’ini yaratish. Loyiha bilan tanishish, maqsad, vazifalar, rejalashtirilgan tadbirlar, kutilayotgan natijalar muhokama qilish. Milly moslashuv rejasi loyihasining milliy hamkorlari uchun asosiy sektorlar vakillari uchun iqlim oʻzgarishiga moslashish sohasida salohiyatni oshirish boʻyicha treninglar oʻtkazish.

 

Trening yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.