IQLIM O‘ZGARISHINING SUV SEKTORIGA TA’SIRI
03.10.2022
Shohimardonsoy — Fargʻona vodiysidagi Vodil qishlogʻidan oqib oʻtuvchi Qirgʻiziston bilan kichik transchegaraviy daryo. 2008-yildan buyon qishloqda iqlim o‘zgarishi sababli sug‘orish mavsumida suv tanqisligi kuzatilmoqda. Shuningdek, yer osti suvlari kamayishi va qishloq xo‘jaligida hosildorlikning pasayishi xavfi ham mavjud. Mazkur muammoni samarali hal etishda biz Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida O‘zgidromet bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” loyihasi doirasida qishloqqa tashrif buyurdik.
Iqlim o‘zgarishining suv sektoriga ta’siri juda katta bo‘lganligi sababli, iqlim xavfini hisobga olgan holda suv siyosatini shakllantirish o’ta muhimdir.
Shu munosabat bilan biz Farg‘ona gidrometeorologiya boshqarmasiga iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tahdid va xatarlar to‘g‘risida ma’lumotlar va tezkor ma’lumotlarni o‘z vaqtida uzatish imkonini beruvchi IT-uskunalar topshirdik.