Iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha trening

Iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha trening

30.09.2022

Iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha trening

Bugun 30 sentabr kuni "WYNDHAM TASHKENT HOTEL" mehmonxonasida "Sanitariya-epidemiologik farovonlik va aholi salomatligini muhofaza qilishning dolzarb masalalari" Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida sog‘liqni saqlash sektori vakillari uchun Iqlim o‘zgarishiga moslashish sohasida Milliy moslashuv rejasining (NAP) ishlab chiqish loyihasining milliy hamkorlari salohiyatini oshirish bo‘yicha trening o‘tkazildi.

Treningda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya farovonligi va jamoat salomatligi xizmati, Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ishtirok etdi.