O‘zbekistonda Farg‘ona vodiysi meva-sabzavot yetishtiruvchilarning iqlim o‘zgarishiga moslashuvini oshirish
27.09.2022

Joriy yilning 27 sentabr kuni Grant kapital mehmonxonasining konferensiya zalida Yaponiya hukumatining qo‘shimcha byudjeti hisobidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda Farg‘ona vodiysida meva-sabzavot yetishtiruvchilarning iqlim o‘zgarishiga moslashuvini oshirish” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi. Seminarda Professor Kendja Tanaka – Kioto universiteti, Temur Xudjanazarov - SATREPS loyihasi tadqiqotchisi, UNDP vakillari, O‘zgidromet, GMITI, Meteoinfakom mutaxassislari ishtirokida O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha SATREPS loyihasi vakillari bilan tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi.