Iqlim o’zgarishiga moslashish sohasida Milliy moslashuv rejasi loyihasining milliy hamkorlari uchun salohiyatni oshirish bo’yicha treninglar

Iqlim o’zgarishiga moslashish sohasida Milliy moslashuv rejasi loyihasining milliy hamkorlari uchun salohiyatni oshirish bo’yicha treninglar

27.09.2022

Iqlim o’zgarishiga moslashish sohasida Milliy moslashuv rejasi loyihasining milliy hamkorlari uchun salohiyatni oshirish bo’yicha treninglar

Loyiha treninglari Buxoro viloyatida 2022-yilning 27 sentabrdan 28 sentabriga qadarSahid Zarafshonmehmonxonasida bolib otmoqda. Tadbirda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori F.Agzamov va insititut hodimlari Irina Dergacheva, Natalya Agaltseva, Zuxra Tillaxodjayeva ishtirok etmoqda.

Kuzatilgan iqlim o’zgarishi shunchalik tez va shiddatli sodir bo’lmoqdaki, u davlatlar va jamiyatlarning iqtisodiy va barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shunday qilib, iqlim o’zgarishi Markaziy Osiyoda, xususan, iqlim o’zgarishi ta’siriga ayniqsa zaif bo’lgan O’zbekistonda allaqachon jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Mavjud vaziyat iqlim o’zgarishiga moslashish masalalarini davlatning ustuvor rivojlanish dasturlariga kiritish zarurligini belgilab berdi.

Trening maqsadi: Manfaatdor tomonlar va loyiha hamkorlarining mintaqaviy tarmog’ini yaratish. Loyiha bilan tanishish, maqsad, vazifalar, rejalashtirilgan tadbirlar, kutilayotgan natijalarni muhokama qilish. Milliy moslashuv rejasi loyihasining milliy hamkorlari uchun asosiy sektorlar vakillari uchun iqlim oʻzgarishiga moslashish sohasida salohiyatni oshirish boʻyicha treninglar oʻtkazish.

Trening tadbirlari barcha foydalanuvchilarning iqlim o’zgarishiga moslashish va iqlim xavfini boshqarishda ishtirok etish printsipi asosida amalga oshiriladi, qaror qabul qiluvchilar, mutaxassislar, aholining turli guruhlari va umuman jamiyatni kasbiy va ta’lim darajasini oshirish va axborot bilan ta’minlash bo’yicha maqsadli sa’y-harakatlarni talab qiladi. Aholining xabardorligi iqlim o’zgarishiga moslashish muammosini hal qilish uchun jamoatchilikni jalb qilishning zaruriy shartidir.

Hamma ishtirokchilarga trening yakunida sertifikat taqdim etiladi.

Treningni jonli efirda quyidagi havola orqali ko‘rishingiz va ishtirok etishingiz mumkin bo‘ladi.