O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 26-30 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
26.09.2022
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekiston hududining katta qismida kunduzgi havo harorati yuqori bo‘ladi va 30-35° ni tashkil etadi. Faqat O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq antisiklon kirib keladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida havo harorati 20-25° gacha pasayadi.
Ertaga havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi va hafta oxirigacha O‘zbekiston hududi nisbatan sovuq antisiklon periferiyasi ta’siri ostida bo‘ladi. Ertadan boshlab respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo sovuqlashadi, kunduzgi harorat 22-27° gacha pasayadi. 29-30 sentabrda kechalari harorat pasayadi, kechasi va ertalab termomert ustuni 10-15° gacha pasayadi.
26-27 sentabr kunlari front o‘tishida ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Janubning eng chekkasida va Farg‘ona vodiysida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin.
Respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga 27 sentabr kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.