Yaponiyaning Chuo universiteti va Gidrometeoroloniya ilmiy–tadqiqot instituti bilan oʻzaro hamkorlik memorandum imzolashga kelishildi
14.09.2022
Joriy yilning 14-sentabr kuni Gidrometeorologiya ilmiy – tadqiqot instituti direktori F.Agzamov va Yaponiya davlatining Yaponiya atrof-muhit vazirligining Iqlim oʻzgarishini kuzatish boʻyicha tadqiqot strategiyasi idorasi, Markaziy Osiyo va Kavkaz boʻlimi, Yevropa ishlari byurosi Tadqiqot va rivojlanish tashabbusi Chuo universiteti rahbarlari bilan ZOOM platformasi orqali uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv natijasiga koʻra Yaponiyaning Chuo universiteti va Gidrometeoroloniya ilmiy – tadqiqot instituti bilan oʻzaro hamkorlik memorandum imzolashga kelishildi. Hamkorlikning maqsadi etib Parij bitim kelishuvi doirasida Issiqxona gazalarini emmisiyasi, monitoringi, verifikatsiyasi masalalari boʻyicha Yaponiyada joriy etilgan va amalaga oshirilgan ilmiy – tadqiqotlar, texnologiyalarni Oʻzbekistonda joriy etish masalalariga kelishildi.