Istanbul shahrida COP27 ga tayyorgarlik bo‘lib o‘tdi

Istanbul shahrida COP27 ga tayyorgarlik bo‘lib o‘tdi

14.09.2022

Istanbul shahrida COP27 ga tayyorgarlik bo‘lib o‘tdi

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralar

2022 yilning 8-9 sentabr kunlari Istanbul shahrida O‘zgidromet axborot xizmati, hamda mutaxassislari Yevropa va Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirish mavzusida mintaqaviy seminarda ishtirok etdilar.

Seminarning maqsadi manfaatdor tomonlarning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatlari va bu jarayonda mamlakatlarning roli, shuningdek, FAOning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha harakatlari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishdan iborat. Bundan tashqari, ishtirokchilarga iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro muzokaralar haqida qisqacha ma’lumot berildi, bu esa COP27ga tayyorgarlikni yaxshilashga yordam beradi. Seminar ishtirokchilarining iqlimni moliyalashtirish, iqlim bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarida undan keng miqyosda foydalanish haqidagi bilimlarini oshirdi.

• FAO ishtirokchi davlatlari o‘zlarining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimi strategiyalari va/yoki iqlim o‘zgarishi bo‘yicha strategiyalarida iqlim bo‘yicha belgilangan majburiyatlarini amalga oshirish, monitoring qilish va hisobot berish borasida bilimlarini oshiradilar, ularni boshqa majburiyatlar bilan uyg‘unlashtiradilar va barqaror rivojlanish, shuningdek muntazam hisobot berish orqali BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (RKIK OON) Kengaytirilgan shaffoflik asosi (ETF) va boshqa xalqaro hisobot tizimlari doirasida kuzatib boradilar.

• BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo davlatlari iqlim barqarorligi, qonunchilik, rejalar, dasturlar, amaliyotlar va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat tizimlarida mahalliy va xalqaro investitsiyalarga moslashish va yumshatish bo‘yicha bilimlarini oshiradilar.

• BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi homiyligida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralar olib borish BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) mamlakatlarning salohiyatini oshirishda yordam beradi.

Mintaqadagi mamlakatlarning Kengaytirilgan shaffoflik doirasi (ETF) tizimi bo‘yicha tushunchalari va bilimlarini yaxshilashda qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularga institutsional asoslarni mustahkamlash va birinchi  Ikki yillik shaffoflik hisobotlari (BTR) tayyorlashda ko‘mak berishdir.

Qishloq xo‘jaligi sektorining iqlimga qarshi kurash va mamlakatlar siyosati uchun ahamiyatini hisobga olgan holda, seminar quyidagi:

1. Davlat amaldorlarining Parij kelishuvi haqida bilimlarini kengaytirish;

2. Yangilangan ma’lumot va tushunchalarni taqdim etish va (ETF) hisoboti talablarini yaxshilash;

3. Birinchi BTRni tayyorlashni rejalashtirishda, shuningdek, yo‘l xaritasini tayyorlashda mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash;

4. Iqlim bo‘yicha muzokaralar va hisobot berish jarayonlari bilan shug‘ullanadigan turli vazirliklar o‘rtasidagi aloqa va hamkorlikni yaxshilash;

5. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy ta’lim, muloqot, tarmoq va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratish kabi maqsadlarni nazarda tutadi.

Seminar yakunida ishtirokchilar quyidagilardan xabardor bo‘lishdi:

a) BTR ga e’tibor qaratgan holda hisobotga qo‘yiladigan asosiy talablar;

b) MPG ahamiyati;

c) tegishli institutsional tuzilmalar tashkil etishning ahamiyati;

g) mamlakat imkoniyatlariga asosolangan aniq jadvalga ega BTR yo‘l xaritasining zaruriyati.

фото