12 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12.09.2022

12 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 23-28o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog‘adi, baland tog’larda yomg’ir qorga aylanishi (2500 metrdan balandda) mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20о bo‘ladi.