11 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.09.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 11-12 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi.
11-12 sentabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
11 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.
11 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida,
11-12 sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13o gacha, kunduz kunlari
25-28o gacha pasayadi.

11 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim hududlarida ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin, Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 23-25o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-25o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
15-18 m/s gacha kuchayishi
mumkin. Harorat 15-20о bo‘ladi.