11 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 10 sentabr soat 20 dan 11 sentabr soat 20 gacha

11 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 10 sentabr soat 20 dan 11 sentabr soat 20 gacha

10.09.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 10-12 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi.
10-12 sentabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
11 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.
11 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12 sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
11-12 sentabrda respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13o gacha, kunduz kunlari 25-28o gacha pasayadi.

11 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 10 sentabr soat 20 dan 11 sentabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 23-25° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ayrim hududlarida kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi. Shamol g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 1
2-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Surxondaryo viloyatida shamolning kuchayishi ba'zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi
18-23°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Shamolning kuchayishi ba'zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.