10 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10.09.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 10-12 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi.
10-12 sentabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
11 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.
11 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida,
11-12 sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13o gacha, kunduz kunlari 25-28o gacha pasayadi.

10 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat 30-35o, shimolda 23-28o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim hududlarning ba’zi joylarida kunning ikkinchi yarmida yomg’ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25о bo‘ladi.