11-14 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

11-14 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

09.09.2022

11-14 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12 sentabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°,
13-14
sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 11 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°, 12 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 13 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°; 14 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33°; Navoiy viloyatining shimolida 11-12 sentabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 13-14 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 11 sentabrda ayrim tumanlarda biroz yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 12-14 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat
11 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°; 12-13 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°, 14 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 sentabrda 15-18 m/s gacha kuchayishi, 11-sentabrda Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 20-23 m/s ga yetishi, chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 11 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 27-32°, 12 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°, 13 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33°, 14 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 11-12 sentabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 13-14 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 20-23 m/s ga yetishi, ba’zi joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 11 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30°, 12 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°, 13 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°, 14 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 11-12 sentabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 13-14 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11 sentabrda 10-15°, 12-13 sentabrda 5-10°, 14 sentabrda 10-15°, kunduzi 11-12 sentabrda 15-20°, 13-14 sentabrda 20-25° gacha ko’tariladi.