10 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 9 sentabr soat 20 dan 10 sentabr soat 20 gacha

10 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 9 sentabr soat 20 dan 10 sentabr soat 20 gacha

09.09.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 10-12 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi.

10-12 sentabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

11 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.

11 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12 sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

11-12 sentabrda respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13o gacha, kunduz kunlari
25-28o gacha pasayadi.

10 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

9 sentabr soat 20 dan 10 sentabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 32-34° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqal;diroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.