9 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.09.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 10-12 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi.

10-12 sentabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

11 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.

11 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 11-12 sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13o gacha, kunduz kunlari 25-28o gacha pasayadi.

 

 

9 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.  Harorat 30-35o, shimolda 23-28o bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28о bo‘ladi.